Insayderlarga ko‘ra, Nvidia Hugging Face uchun $12,9 mlrd to‘lashga tayyor. 2016-yilda tashkil etilgan Hugging Face bugungi kunda dasturchilar AI modellarini joylashtirishi, ulashishi va yuklab olishi mumkin bo‘lgan dunyodagi eng yirik platformalardan biri hisoblanadi.
Agar kelishuv amalga oshsa, Nvidia open-source AI ekotizimida juda kuchli pozitsiyaga ega bo‘ladi. Ayniqsa, ochiq modellar OpenAI va Anthropic kabi yopiq AI laboratoriyalari bilan raqobat qilayotgan bir paytda bu Nvidia uchun ancha kuchli strategik yurish bo‘lishi mumkin.
Qiziq jihati, Hugging Face 2023-yilda $4,5 mlrd baholanish bilan $235 mln investitsiya jalb qilgan edi. Agar $12,9 mlrdlik bitim amalga oshsa, oradan uch yil o‘tib kompaniyaning qiymati qariyb uch baravarga oshgan bo‘ladi.
Ishqilib, mana nima uchun startaplarga investitsiya qilinadi endi yanada yaxshiroq bilishingiz mumkin.