Joriy yil 12–18-may kunlari Italiyada EGOI-2026 olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush (Oysha Mirzatillayeva va Rayxona Sanakulova) hamda 1 ta bronza (Malika Xoʻjamuratova) medalni qoʻlga kiritdi. Bu 241 nafar ishtirokchi orasida qayd etilgan eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi.

Adashmasam, Yevropa qizlar informatika olimpiadasi (EGOI) nufuzli xalqaro olimpiadalar turkumiga kiradi va ayni damdagi qonunchilikka koʻra, kumush medalni qoʻlga kiritgan qizlar 618 mln soʻmdan, bronza medali sohibasi esa 412 mln soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Shunchaki bilimi, harakati hamda tinimsiz oʻz ustida ishlashi ortidan bu qizlar hali maktabni bitirar-bitirmas millionerlarga aylanishdi. Buning uchun faqatgina oʻqishdi, oʻrganishdi. Ota-onalari esa ularning aynan dasturlash sohasida taʼlim olishiga imkoniyat yaratishdi.

Xullas, qizlaringizni dasturchi qiling.

@hisperspective