Shu savolga javob izlash bahonasida Claude bilan tajriba boshladim. Dastlab unga 2026-yil yanvardan aprelgacha bo‘lgan barcha tranzaksiyalar tarixini taqdim etdim va ularni tahlil qilishni so‘radim.

Tahlil yakunlangach, unga takrorlanayotgan keraksiz xarajatlar bo‘yicha hisobot tayyorlashni buyurdim. Natija esa juda puxta chiqdi. Shundan so‘ng, aynan manashu ortiqcha xarajatlarni kamaytirish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligini so‘radim.

Claude menga oddiygina Excel’da moliyaviy hisobot yuritishni tavsiya qildi va hatto buning uchun avtomatik shablon ham tayyorlab berdi. Qiziq tomoni u yasagan shablonida yashash xarajatlarim uchun aniq moliyaviy limit belgilangan va mendan belgilagan limitidan oshmasligimni soʻradi.

Hozircha Claude belgilagan limitda yashash yaxshi ishlayapti, oy oxirida umumiy natijani koʻramiz endi. Foydalanib koʻring.

@hisperspective