O‘tgan hafta AQSh texnologiya olamida e’tiborga molik voqea yuz berdi, aniqroq aytsak Tesla o‘zining yangi avlod haydovchisiz taksisi Cybercab’ni namoyish etdi. Va ushbu gadjet odamlar orasida juda hayratlanarli shaklda qabul qilindi.
Chunki tasavvur qiling, shunchaki siz ilovaga kirasiz, kerakli manzilni belgilaysiz va taksi chaqirasiz. Bir necha daqiqadan so‘ng oldingizga na ruli, na pedali, na haydovchisi bor avtomobil keladi. Siz esa unga o‘tirasiz va manzilingizga sogʻ-omon yetib borasiz.
Rosti bir vaqtlar fantastik filmlardagina ko‘rish mumkin bo‘lgan bunday manzarani AQSHliklar oʻz hayotida his etayapti. Bu esa shunchaki vauv.
Ishqilib, qiziq ishlar boʻlyapti dunyoda. Ertangi epl taqdimotida bundan-da qiziq ishlar boʻladi.