Taxminan 2 oycha oldin O‘zbekistondagi taksi agregatori Uklon o‘zining “birinchi safar uchun 70% chegirma” reklama kompaniyasini boshladi. Ushbu reklama kompaniyasi kreativi Qozog‘istonning SEED agentligiga tegishli bo‘lib, bir so‘z bilan maromiga yetkazilgan ish desak bo‘ladi.
Reklama kreativida iste’molchi ya’ni odamlarning miyasi bilan o‘ynalgan. Tabiatan inson miyasi perfektsionist bo‘ladi. Sodda aytganda miyamiz istab-istamasdan aniqlikka intiladi, chunki u shuni xohlaydi. Uklon’ga ishlangan kreativ xuddi shu narsani “buzadi”.
Ya’ni ketma-ket turgan bir tekisda terilgan somsalar orasidan bittasini olib qo‘yib uning o‘rniga nimadir yozsam miyangiz avtomatik tekis somsalar qatorini skip qiladi va aynan qator buzilgan somsalarga e’tibor beradi. Yoki oppoq varaqni markazida oqlikni buzib shunchaki son yozsam ham aynan ideal turgan oqlikni emas balki, uni buzgan sonlarga e’tibor qilasiz.
Ishqilib ajib format, menga yoqdi.
Uklon’ning noodatiy tashqi reklama kompaniyasi haqida
Surat: Shaxsiy arxiv.