22-apreldan kuchga kirgan talab sabab telefon raqamimni o‘z nomimga o‘tkazishga qaror qildim. Yechim izlab yurganimda, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida onlayn ariza topshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Saytda xizmat 1–5 kunda bajarilishi aytilgandi.

Buni ko‘rib quvondim va darhol ariza berdim. Ammo, lekin, biroq 22-aprelda topshirilgan arizam oradan 15 kun o‘tsa ham ko‘rib chiqilmadi.

Shundan so‘ng tanish-bilishlarni ishga solib, kecha raqamni nomimga o‘tkazib oldim. Uzmobile’da yangi tarif va service fee bilan bu jarayon menga taxminan 90 ming so‘mga tushdi.

Qizig‘i shundaki, raqam egasi almashishi bilan Uzcard SMS xabarnomalari ham o‘chib ketarkan. Endi esa 7 tadan ortiq kartam uchun SMS xizmatini qayta ulashdek yangi muammoni ham orttirib oldim.

Ishqilib, drama. Jarayonni rasmda tushunarliroq qilib tasvirladim.

@hisperspective