Joriy yilning iyul oyidan Yandex Uzbekistan Toshkent ko‘chalarida robot-kuryerlarini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu robotlar Yandex Lavka orqali buyurtma qilingan mahsulotlarni mijozlargacha yetkazib berishga mo‘ljallangan.

Ko‘chada robot-kuryerlarni ko‘rgan ayrim odam kuryerlar esa “endi bular ishimizni tortib oladi”, deb xavotir olayotganini kuzatyapman. Ammo aytish kerakki, bunday robotlar Moskva ko‘chalarida ancha vaqtdan beri tun-u kun xizmat ko‘rsatib keladi. Shunga qaramay, ular inson kuryerlarni to‘liq almashtira olgani yo‘q. Almashtira olmasa ham kerak.

Shundan kelib chiqsak, hozircha kuryerlarga don’t panic and keep going deyish joiz. Chunki robotlar ayrim yo‘nalishlarda yetkazib berishni avtomatlashtirishi mumkin, ammo butun boshli kasbni birdan yo‘q qilib yuborishiga hali ancha bor.

Ishqilib, bu bechora robotlarni ham elektrosomokatlardek kulini koʻkka sovurishmasa boʻldi odamlarimiz.

@hisperspective