Pavel Durovning bayonotiga ko‘ra, Telegram Rossiyaga bog‘liq emas. U aytishicha, so‘nggi marta chiqarilgan $1,7 mlrdlik obligatsiyalarda birorta rossiyalik investor qatnashmagan, 2021-yilda chiqarilgan obligatsiyalar esa asosan qaytarib bo‘lingan va muammo tug‘dirmaydi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegramning yagona aksiyadori Durovning o‘zi. Obligatsiya egalari esa aksiyador emas, ya’ni kompaniya qarorlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Xoʻsh, oʻzi rostdan ham shunaqami? Rosti bu haqida tayinli maʼlumot mavjud emas lekin, ayrim “belgilar” borki Telegram va rus xavfsizlik xizmati birga ishlaydi degan fikrni paydo qiladi.
Masalan, Rossiyada Telegram kanallarni rasmiy reyestrga kiritish bilan bog‘liq alohida mexanizm bor. 10 mingdan ortiq obunachiga ega yirik kanallar Roskomnadzor talabiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishi kerak, ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlash uchun esa Telegram ichida maxsus botni ishga tushirib, uni kanal administratorlari ro‘yxatiga qo‘shish so‘raladi.
Aynan shu jarayon orqali kanal egasi tasdiqlanadi va kanalga “A+” markirovka beriladi. Sodda aytganda kanal va kanal muallifi toʻliq Roskomnadzor nazoratida boʻladi. Rossiyadan boshqa davlatda esa bunaqa huquq mavjud emas.