Yangi burgerni reklama qilish maqsadida tasvirga olingan rolikda McDonald’s CEO’si Chris Kempczinski burgerni biroz g‘alati hamda jirkanib ushlaydi, uni juda kichik tishlab ko‘radi va deyarli yemaydi. Eng g‘alati jihat esa u yangi burger haqida gapirar ekan, uni “burger” yoki “ovqat” deb emas, balki shunchaki “product” deb ataydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tezda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar kompaniya rahbari hatto o‘zi sotayotgan taomni ham ishtiyoq bilan iste’mol qilmayotganini tanqid qila boshlashdi. Raqobatchilar esa vaziyatdan tezda foydalanishdi.

Wendy's va Burger King ushbu video kontekstiga ishora qilgan holda o‘z burgerlarini katta zavq bilan yeyayotgan videolarni joylashtirdi. Natijada muhokama yanada kuchaydi va McDonald's atrofidagi xeyt to‘lqini kattalashdi.

Xulosa, o‘zingga ravo ko‘rmaydigan narsani boshqalarga sotishga urinsang odamlar sezadi.

@hisperspective