TBC Uzbekistan o‘z mijozlari uchun qiziqarli taklifni e’lon qilibdi. Unga koʻra, TBC Salom kartasi yordamida metro va avtobuslarda ATTO terminallari orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar oy yakunida mijozlarga qaytarib beriladi. Qizigʻi bu aksiya 1-maydan buyon amalda ekan va 30-iyunga qadar davom etadi.

Bank tomonidan oy davomida jamoat transporti uchun sarflangan mablag‘larning 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi qaytarilishi kafolatlanmoqda. 500 ming so‘mlik limit Toshkent sharoitida bir oy davomida qariyb 294 ta safarni qoplash imkonini beradi. Bu esa kuniga o‘rtacha 9–10 marta jamoat transportidan foydalanishga teng.

Shunga o‘xshash aksiyani, Uzum Bank ham o‘tgan yildan buyon taklif qilib kelmoqda. Uzum kartasi orqali amalga oshirilgan safarlar uchun har bir qatnov narxi ayni damda 800 so‘m etib belgilangan. Bir soʻz bilan sogʻlom raqobat yaxshi narsa. Bu raqobatda esa isteʼmolchilar gʻolib boʻlishi esa betakror hisoblanadi.

Ishqilib, shu ketishda banklarimiz avtomobil xaridini ham bepul qilib yuborishsa, ajab emas (:

@hisperspective