Rasman joriy yil 5-martdan Wolt faoliyatini to‘xtatdi. Buning ortidan esa Wolt xizmatiga o‘rganib qolgan mening hayotiy muammolarim qatoriga ovqat yetkazib berish xizmatlari bilan bahslashish degan bo‘lim qo‘shildi.

Dastlab birorta agregatordan emas balki, restoran/kafening o‘z yetkazib berish xizmatiga murojaat qildim (deyarli shahar markazida yashayman). Menga yaqin hududdagi xoh fast food xoh milliy taomlar birortasining yetkazib berish xizmati sifatli emas. Barchasida deyarli bir xil muammo. Nimadir buyurtma esdan chiqadi yoki yetkazib berish 2 soatni tashkil etadi.

Rus ovqat agregatori esa bir ajoyib ekan. Undagi narxlar yemakxonalarga qaraganda 7-10% qimmat. Mayli qimmat bo‘lsin lekin, yetkazib berish vaqti 1 km masofada ham 45-50 daqiqa? Mayli shu vaqtda kelsa ham roziman ammo eng erta kelgani 1 yarim soat bo‘ldi (what the hell?).

Milliy g‘ururimizda esa doim nimadir qolib ketadi. Kecha buyurtma qilganimda ham xuddi shu holat takrorlandi. Buyurtmamning bir qismi restoranda qolib ketgan. Supportga yozdim, pulimni qaytarishdi ammo, uyda kimdir och uxladi. Ishqilib, Woltdagi g‘arb standartida yashagan 2 yilimdan so‘ng, pushti ko‘zoynaklarimni yechishni boshlayapman.

Xullas, o‘zimni shaxsiy uyimga ko‘chib uylangunimga qadar Woltni qaytarib beringlar, iltimos)

@hisperspective