Esingizda bo‘lsa yil boshida sizlar bilan sunʼiy intellekt yordamida artist yaratib, uning treklarini striming platformalarga joylagandik. Kecha taksida ketayotib, haydovchi sunʼiy intellekt orqali tayyorlangan musiqa eshitayotganini ko‘rib, o‘zimizning artist natijalari bilan qiziqdim.

Artistimizni Shimoliy hamda Janubiy Amerikada, Rossiyaning sharqida, Qozog‘istonda va hatto Afrikada ham tinglashmoqda (suratda ko‘rishingiz mumkin). Eng qizig‘i, men treklarni ataylab O‘zbekiston auditoriyasi kamroq eshitsin deb Yandex Musicʼga joylamagandim. Shunga qaramay, eng ko‘p tinglovchilar aynan o‘zimiznikilar bo‘lib chiqdi.

Sizga aytsam sunʼiy intellektda qilingan treklarda haqiqiy ijro ham, his ham yetishmaydi. Bunaqa qo‘shiqlar ham tobora ko‘payib boryapti. Shu sabab artistimizning barcha treklarini o‘chirishga yubordim.

Agar mendan o‘rganib siz ham treklar qilgan bo‘lsangiz o‘chirishni o‘ylab ko‘ring. Chunki algoritmlarga san’atni ishonib bo‘lmaydi.

@hisperspective