O‘zbekistondagi mobil aksiya savdosi platformasi bo‘lgan Go Invest’ni ko‘pchilik Click superapp tarkibida bo‘lgani sababli unga tegishli deb o‘ylaydi, ammo loyiha egasi KAP DEPO kompaniyasi hisoblanadi. Obunachilar Go Invest haqida koʻp savol berishdi, shunga bugun unga toʻxtalamiz.

Mobil ilova KAP DEPO va UIC Group hamkorligida ishlab chiqilgan. KAP DEPO kompaniyasi 2005-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va Oʻzbekiston moliya bozoridagi tajribali o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda kompaniyaning mijozlar bazasi 4000 dan oshgan bo‘lib, ularning 90% dan ortig‘ini jismoniy shaxslar tashkil etadi. Umumiy bitimlar hajmi esa 5,3 trillion so‘mga yetgan.

Go Invest mobil ilovasi real-time kotirovkalarni taqdim etish uchun fondbozori.uz platformasi API’sidan foydalanadi. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya CEO’si Roziqov Muzaffar. U ilgari KAP DEPO hamda xalqaro eToro kompaniyalarida faoliyat yuritgan.

Xulosa qilsak, Go Invest Clickniki emas. Savdo qilsa boʻladimi? degan savollarga esa toʻliqroq oʻrganib javob beraman.

@hisperspective