Dasturda oʻzingizga yaqin dorixonalarni topish, narxlarni solishtirish va uyga yetkazib berish uchun buyurtma qilish mumkin ekan. Bungacha ushbu bozorda PharmaClick, GoPharm loyihalari mavjud edi.
Bulardan farqli, Arzon va Oson apteka tizimlarida dorini topish mumkin edi biroq, yetkazib berish dorixona zimmasida qolardi. Oʻtgan yil dekabrda esa OxyMed va Yandex Go Toshkent ichida dori vositalarini tez yetkazib berish xizmatini ishga tushirishgan edi.
Rosti, dori-darmon bozori juda katta bozor. Lekin, QR kodli elektron retsept tizimiga oʻtilayotgan bir vaqtda, e-pharmacy loyihalarini ushbu tizim bilan qanchalik integratsiya qilish mumkin degan savol bor menda.