Kecha linkedindan hozirda Barcelonada faoliyat yuritayotgan asli rus bir marketolog tanishim marketing tadqiqotida ko‘mak berishimni so‘rab yozib qoldi.

O‘zbek reklama bozori va marketing jamoalari haqida kichik tahlillar qilib berdim. Xizmatim evaziga pul bera olmasligini ammo, ular hozirda ish jarayonida foydalanayotgan promptlar to‘plamini yubora olishini aytdi va yubordi.

Promptlarni qarab chiqdim. Biznes va mustaqil izlanish uchun juda kerakli promptlar bor ekan. Agar siz marketolog yoki startap asoschisi bo‘lsangiz ish jarayonida foydalansangiz bo‘ladi. Havola bu yerda.

Zamonni qarang, ilgari ilm oling deb kitob berardik hozir prompt ulashib o‘tiribmiz. Postni saqlab qo‘ying, kerak bo‘ladi.

@hisperspective