Shunday ekan, bugungi mag‘lubiyatdan aslo tushkunlikka tushmaslik kerak. Milliy jamoamizning har bir a’zosi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Uyda, yo‘lda, ishda, ko‘chada hamma yerda o‘zbekistonliklar jamoamiz bilan birga bo‘lishdi, ularga muxlislik qilishdi.
Ayniqsa, gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin kolumbiyalik muxlislarning o‘zbek bolakayni tinchlantirish maqsadida “Uzbekistan! Uzbekistan!” deb qo‘llab-quvvatlagani, qolaversa, stadion bo‘ylab Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘i yangragani insonga o‘zgacha hissiyot va kayfiyat bag‘ishlaydi. Inson xotirasida esa aynan shu hissiyotlar saqlanib qoladi.
Demakki, bugungi oʻyindan olgan hissiyotlaringizni xotirangizda saqlab qoling. Hisobni va magʻlubiyatni unuting va jamoamizga oxirigacha muxlis boʻling!
Video: Casia, Farhod Fayzullayev.