Elchilar va tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Safia hamda Bellissimo Pizza xorijiy nuqtalarni koʻpaytirishini aytibdi.
Jumladan, Safia qandolatchilik tarmog‘i rahbari Bekzod Samig‘jonov Qozog‘istonda 10 ga yaqin nuqta ochilganini, endilikda Turkmaniston, Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘iziston bozorlariga kirish bo‘yicha ishlar ketayotganini bildirgan. Quvonarlisi, Safia o‘tgan yili $7–8 mln qiymatidagi qandolat mahsulotlarini eksport qilgan.
Shu bilan birga, Bellissimo Pizza franshiza asosida Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya bozorlariga kirishga harakat boshlaganini maʼlum qilibdi. Kompaniya rahbari Farruh Abdullayev Qozog‘istonda 200 ta nuqta ochish imkoniyati borligini maʼlumot sifatida keltiribdi.
Qolaversa, shu kunlarda Sariq bola pizza ham Nyu-Yorkda oʻz fillialini ochganini maʼlum qildi. Bungacha Amerikada Goʻsht ovqatlanish tarmogʻining restorani ochilib faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Vatandoshlar ish soʻrab emas aksincha biznesni kengaytirish ilinjida xorijni zabt etayotgani qaysidir maʼnoda kichkina faxr. Bir soʻz bilan super.