Asakabank va Mastercard hamkorlikda UzukPay loyihasini yo‘lga qo‘yibdi. Loyiha doirasida bank mijozlari Mastercard kartalarini maxsus ishlab chiqilgan uzukka ulab, kundalik to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin ekan.
Qiziq tomoni, ushbu to‘lov uzugini quvvatlash talab etilmaydi. To‘lov qilish uchun Mastercard kontaktsiz to‘lovlarini qabul qiluvchi terminalga uzukni yaqinlashtirishning o‘zi kifoya.
Ishqilib, qiziq yechim. Ishlatib ko‘rish kerak.