Linkedinda postga ilova qilgan rasmimni ko‘rib qoldim. Foydalanuvchi Yandex Go dasturi uning telefoni quvvati tugayotganini qanday bilib qolganini tushunmasdan holatni tavsiflagan ammo, bu holat unchalik ham tushunarsiz emas.

Shunchaki, foydalanuvchi Yandex Go dasturini qurilmasiga o‘rnatayotgan vaqtda background process’ga ruxsat bergan hamda Yandex Go dasturi orqa fonda barcha jarayonlarni ko‘rib, kuzatib, tahlil qilib borgan hamda tizim avtomatik moslangan reklama bildirishnomalarini yuborgan.

Bu kabi holatlar kuzatilmasligi hamda o‘zingizni xavfsiz his qilishni xohlasangiz maslahatim har bir dasturga o‘qib, bilib kerakli ruxsatlarni bering. Ayniqsa, superapplardan ehtiyot bo‘ling ularda juda ko‘p mikroservislar bo‘lgani sabab, sizning qurilmangizni tinimsiz trek qilib turishi aniq.

Ishqilib, kibermadaniyat qoidalariga rioya qiling va befarq bo‘lmang.

@hisperspective