Aslida bitim umuman bekor bo‘lgani yo‘q. Shunchaki jarayon cho‘zildi va Halyk Bank belgilagan muddatdan o‘tib ketdi. Gap shundaki, bu kabi oldi-sotdilar oddiy kelishuv bilan hal bo‘lmaydi ancha byurokratik va huquqiy bosqichlardan o‘tadi. Shu jarayonda ayrim muammolar chiqqan.

Insayderlarga ko‘ra, Click qonunchilikda belgilangan tartibga to‘liq amal qilmagan. Xususan, iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha ruxsat olish uchun Raqobat qo‘mitasiga hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan. Hatto kompaniya qo‘mitani chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Markaziy bankka murojaat qilgan.

Biroq tartibga ko‘ra, avval Raqobat qo‘mitasi xulosa berishi kerak. Shundan keyingina Markaziy bank bitimni tasdiqlashi mumkin.

Qiziq tarafi 2025-yilning may oyida Raqobat qo‘mitasi Click’ni onlayn to‘lov tizimlari bozorida rasman “ustun mavqega ega raqamli platforma” deb e’tirof etgan.

Qonunchilikka ko‘ra, o‘zi shundoq ham bozorda dominant bo‘lgan kompaniyaning yirik moliyaviy institut bilan aktivlarini birlashtirishi bozorda monopol o‘yinchini paydo qiladi. Bu esa qolganlarni siqib chiqarish xavfini tug‘diradi.

Ishqilib, oldi-sotdi amalga oshadi, faqat biroz kutish va qonunchilik talablarini bajarish kerak.

@hisperspective