Avvalroq, sizlar bilan bloger Tamila (wepaim) “Second Bloom” kanalini ochgani va qizlar xohlasa, shu kanalda ularga sovg‘a qilingan gullarni sotishlari mumkinligini aytgani hamda bu orqali ikkilamchi bozorning yangi formatini kashf qilgani haqida fikr yuritgan edik.
Dunyoning ishlarini qarangki, joriy yil may oyida ushbu loyihaga “X-Togʻa Capital” tomonidan 15% ulush evaziga $50 ming miqdorida investitsiya berilibdi.
Startap auksion bozori bo‘lgani hamda mahsulot segmentidagi murakkabliklar sabab, menimcha, loyiha past baholangan. Aslida narxi $1.5 mlnlarga tortadi, *yana bilmadim.
Xulosa, omad kutilmaganda keladi. Harakat qilishdan to‘xtamanglar.