So‘nggi vaqtda barcha vayb kodlayotgan odamlarda aynan shu ikki muammo ko‘p kuzatilyapti. Ya’ni sun’iy intellekt ma’lum sessiya yakunlanganidan keyin yangisiga o‘tganda ilgari qilgan ishlarini tushunib olishiga ko‘p vaqt ketadi.

Qolaversa, tayyor vayb kod qilingan loyihaga nimadir qo‘shish yoki o‘zgartirish kiritishga uringanda kodlarni oyog‘ini osmondan qilish ortidan sun’iy intellekt o‘z tokenlarini ichib yuborish holatlari ham bo‘lib turibdi.

Bularning barchasiga aslida bitta oddiy yechim bor, sun’iy intellekt uchun har bir sessiya va loyiha doirasida xotira yozib borish.

Masalan, men har yangi loyiha ochganimda albatta readme.md fayl yarataman va vayb kodlash davomida qilgan barcha amaliyotlarni sun’iy intellektga aynan shu faylga yozib borishni buyuraman.

Keyin esa har yangi sessiyada avval shu readme.md faylni o‘qib chiqishini so‘rayman. U loyihani tushunib oladi, shundan keyin nima qilish kerakligini aytaman.

Natijada loyiha qulamaydi, sun’iy intellekt esa kontekstni tez tushunadi va ortiqcha token sarflamaydi.

Ishqilib ilova qilingan rasmdagi gap.

@hisperspective