Kecha Woltdan kechlik buyurtma qilgandim. Aytilgan vaqtdan 15 daqiqa kech kelishi haqida tizimda maʼlumot chiqdi. Supportdan buning sababini soʻrab yozdim, support sovuq sabab kuryerlar kamligi, buyurtmalar esa koʻpligi uchun kechikish boʻlishini aytdi.

Shu bilan men support bilan chatdan chiqib ketdim. Taom keldi, yedim, uxladim va bugun ishda tushlik buyurtma qilishga Wolt dasturiga kirib qarasam, supportdan bir qancha smslar kelgan. Smslardan bildimki, support xodimi buyurtmamni toʻliq kuzatgan, menga yetib kelganini koʻrgan va oxirida koʻcha sovuqligini aytib issiq kiyinishimni soʻragan.

Tushunyapsizmi? Men tizimda oflayn ekanligimni bilgan boʻlsa-da, masʼuliyat bilan yondashgan holda oʻz ishini maksimumda bajargan. Kamiga biznes va isteʼmolchi oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun gʻamxoʻrlik sifatida iliq soʻzlar yozgan. To‘g‘risi, “issiq kiyin” degan gapni shu paytgacha faqat oyim, dadam yoki ukamdan eshitardim. Bunday g‘amxo‘rlikni support’dan eshitish esa shunchaki super.

Masalan, Wolt’ning bozordagi ayrim raqobatchilarida support’ga murojaat qilsangiz, sizni deyarli e’tiborsiz qoldirishadi. Woltda esa, aksincha, har bir qadamda mijoz sifatida siz ular uchun muhim ekaningizni his qilasiz.

@hisperspective