Ilova qilgan rasmimni ko‘rganimda ichimda “3 xil ayol - 3 xil taqdir” degan fikr tug‘ildi. Menimcha, qizlar va ayollar o‘z salohiyatini IT kabi rivojlanish, yuqori daromad hamda mustaqillik beradigan sohalarda ko‘proq namoyon qilishi kerak.
Dasturchilik, PM, PO, TL va shu kabi kasblar ayollarning kuchli, mustaqil hamda moliyaviy erkin bo‘lishiga katta yordam beradi. Shu sababli, IT yo‘nalishidagi eng foydali xalqaro internship loyihalarini bir joyga jamladim.
Birinchi loyiha TechGirls. Bu dastur 15–17 yoshli qizlar uchun 23 kunlik AQSH internship dasturi va 7 oylik mentorlik imkoniyatini taqdim etadi. Viza, aviachipta, turar joy hamda ovqat xarajatlari to‘liq qoplanadi. Har yili O‘zbekistondan taxminan 3 nafar ishtirokchi tanlanadi va 2026-yil dekabr oyida kelgusi yil uchun ariza topshirish boshlanadi.
Ikkinchi loyiha Outreachy. Bu to‘liq masofaviy, 12 haftalik dastur bo‘lib, ishtirokchilarga $7000 stipendiya beradi. Asosiy yo‘nalishlari open source dasturlash, UX dizayn va data science hisoblanadi. Eng muhim jihati shundaki, bu loyiha uchun talaba yoki professional dasturchi bo‘lish shart emas.
Ishqilib qizlar uchun katta imkoniyatlar bor va ular haqida endi yozib boraman. Postni esa ulashing.