Bir so‘z bilan aytganda bu soliq va umumiy aylanma tahlilini bilish uchun zarur. Boshqacha qilib aytganda p2p o‘tkazma orqali oldi-sotdi qiladigan biznes egalarini topish va xalq pulni nimaga ishlatayotganini bilish uchun muhim qadam deb hisoblasak bo‘ladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston FATF standartlariga muvofiqligini oshirish va xalqaro monitoring natijalarini yaxshilash maqsadida AML/SFT qoidalarini kuchaytirib bormoqda. Bilmaganlar uchun FATF pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashadigan tashkilot hisoblanadi.

Xorij tajribasiga murojaat qilsak AQSH’da bu talab $3000’dan, Yevropa ittifoqida esa €1000’dan boshlanadi. Ya’ni dunyoning istalgan qit’asida bor narsa. Lekin, biznikichalik har bir o‘tkazmada emas.

Xullas soliqdan qochmasdan ishlash kerak do‘stlar.

@hisperspective