Kaspi.kz rasmiy xabariga ko‘ra, Tencent kompaniyasi hammuassisi va CEO’si Mikheil Lomtadze, shuningdek Kaspi.kz’ning yuqori menejment jamoasi a’zolari va uzoq muddatli institutsional investorlar tomonidan 6.0 million dona Kaspi’ning AQSH bozorida sotilayotgan aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha bitim yakunlangan.
Mazkur kelishuv doirasida Lomtadzening shaxsiy sarmoyasi va kompaniya menejmentining investitsiyalari Kaspi.kz’ning Super App modeli, uzoq muddatli strategiyasi hamda kelajakdagi o‘sish salohiyatiga bo‘lgan yuqori ishonchni aks ettirishi aytilyapti.
Shuningdek, Tencent’ning aksiyador sifatida kirib kelishi Kaspi.kz’ning global miqyosdagi pozitsiyasini mustahkamlovchi strategik signal sifatida baholanmoqda.
Sharqda kuchlar birlashmoqda, G‘arbda esa Tim Kuk iste’foga chiqmoqda. Qiziq, dunyo.