Bu atamani ilk marotaba ingliz tili o‘qituvchimdan eshitganman. Birinchi darsning o‘zida menga qarab “sen ham brain drain’misan” degan edi. Shunda tushunar tushunmas “ha-ha” deb qo‘ygandim. Keyin chuqurroq o‘rgansam rostdan ham shunaqa.
Xullas, brain drain malakali mutaxassislar, olimlar va iqtidorli yoshlarning o‘z mamlakatini tark etib, rivojlangan mamlakatlarga ketib qolishi hodisasi hisoblanadi. Brain drainning belgilari oddiy. Millat yoppasiga ingliz tilini o‘rganishni boshlaydi. Yoshlar xorijiy OTM’larga o‘qishga ketadi. Jamiyatda korrupsiya avj oladi.
Bunga yaqqol misol Hindiston. Hindiston dunyodagi eng katta brain drain mamlakat hisoblanadi. Hindistonlik muhandis, shifokor, olimlar AQSH, Britaniya, Kanada, Germaniyada ishlaydi, oʻsha mamlakat rivojiga hissa qoʻshadi. Google’ni Sundar Pichai, Microsoft’ni esa Satya Nadella boshqarayotgani buning yorqin isboti.
Xo‘sh, endi sizga savol. Siz ham brain drain’misiz?
Brain drain nimaligini bilasizmi?
Surat: Illustrativ.