So‘nggi 48 soat ichida dunyo bo‘ylab minglab foydalanuvchilar Instagram sahifalari bloklangani haqida murojaat qilmoqda. Bloklanish sababi sifatida “Account Integrity” ko‘rsatilmoqda. Ya’ni, Metaning supportida foydalanilayotgan sunʼiy intellekt modeli akkauntlarni “ishonchsiz yoki shubhali” deb baholamoqda va bloklamoqda.

Bundan oldin, Meta 2025-yil may-iyun oylarida ushbu sunʼiy intellekt modelini ishga tushirganida ham ommaviy sahifalar bloklanishi qayd etilgan edi. Hozirgi keysda bloklash nafaqat instagram balki Facebook, Threads, Meta Business Manager va reklama hisoblarini ham qamrab olyapti.

Ushbu bloklash toʻlqinidan omon qolish uchun akkauntingizni mualliflik huquqi buzilgan kontentlardan butkul tozalang, sahifaga faqat bitta qurilma yordamida kiring va oʻsha qurilmada aynan bitta sahifa uchun post joylang qolaversa, smartfoningizda VPN boʻlsa oʻchirib tashlang.

Postni esa instagrami bor bloger doʻstingizga ulashing, siqilib yurmasin.

@hisperspective