Reklama kompaniyasi doirasida raqamli bilbordlarda McDonald’s taomlarining tasvirlari faqat quyosh botgandan keyin ko‘rsatiladi.

Kunduzi ekranlarda ovqatning o‘zi emas, faqat bo‘sh McDonald’s qadoqlari aks etadi. Bu saharlikdan shomgacha ro‘za tutayotgan insonlarga hurmat ramzi sifatida yo‘lga qo‘yilgan.

Reklamalar Germaniyaning Scholz & Friends agentligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda mahalliy namoz va quyosh botish vaqtlariga sinxronlashtirilgan bo‘lib, to‘liq taom vizuallari aynan iftor paytida paydo bo‘ladi.

Bir soʻz bilan ajoyib. Avvalroq, Qozog‘istondagi Starbucks Ramazon oyi munosabati bilan mijozlar uchun “ikkita qahva bitta narxda” aksiyasini e’lon qilgan va buning ortidan katta muammolarga duchor boʻlgan edi.