Yandex Go’ga boykot fonida ish boshlagan WB Taxi hozircha 3 ta taksopark bilan ishlayotgani aytilmoqda. Har bir taksoparkda o‘rtacha 350 tadan haydovchi bor ekan.
Avvalroq, WB taxi oʻz haydovchilariga liniyada onlayn boʻlgani uchun soatiga 100 ming soʻmdan berayotgani va haydovchilar oʻrta hisobda 1 mln 200 ming kuniga daromad qilayotgani haqida aytgandim.
Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, 1050 haydovchining shunchaki liniyada turishining o‘zi kompaniyaga hozirgacha o‘rtacha $1.30 mln – $2.60 mln atrofida tushgan. Albatta, bu summa soliqlar va yoʻlovchilar uchun toʻlanayotgan bonuslarni hisobga olmaganda.
Insayderlarga koʻra, ushbu taksi agregatori kelgusi haftadan barcha haydovchi va yoʻlovchilar uchun ochiq boʻladi. Yaʼni hozirgidek roʻyxatdan oʻtish uchun navbat kutish kerak boʻlmaydi.
Ushbu agregator ham toʻliq ishga tushganidan soʻng qolgan safdoshlaridek boʻlib qolmaydi degan umiddaman, mayli kuzatamiz.