Xitoyning Shanxay shahridagi Agibot zavodida minglab humanoid robotlar ishlab chiqarilayotgani haqidagi videoni ko‘rganimdan so‘ng, “nega aynan shu tipdagi robotlar?” degan savol xayolimga keldi.
Tushunishingiz uchun, ushbu zavod quvvati yiliga 5000 dona humanoid robot ishlab chiqarishga yetadi. Qolaversa, AQShda ham humanoid yo‘nalishida bir qancha loyihalar, Figure, NEO (home robot) va boshqalar bor.
Xullas, humanoidlar ishlab chiqilishining asosiy 3 ta sababi bor emish.
Birinchi sabab, insonlar yashaydigan muhitdagi deyarli hamma narsa insonlarga moslab yaratilgan. Ya’ni Wall-E multfilmidagi noodatiy robotlarni real hayotga keng joriy etish qimmat va murakkab bo‘lishi mumkin chunki yer yuzidagi infratuzilma boshqa tipdagi robotlar uchun moslashtirilmagan.
Ikkinchi sabab, humanoid tipidagi robotlarga kerakli vazifalarni oʻrgatish, oʻqitish oson va arzon. Tushunishingiz uchun hozir butun dunyo ishlatayotgan ChatGPT ham istiqbolda OpenAi yaratishni maqsad qilgan humanoidni oʻrgatish uchun ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt hisoblanadi.
Uchunchi sabab, insonlar jamiyatiga ularga oʻxshagan insonsimon robotlarni reklama qilish va albatta sotish osonroq. Xuddiki “sizning o‘rningizga sizga o‘xshagan robot xuddi sizdek ishlaydi” deyilsa boshqa robot tiplariga qaraganda yengil qabul qilinadi.