Akfa Group tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng biroz ko‘zdan yo‘qolib qolgan FeedUp fast-food brendi JCh-2026 bahslari fonida Qozogʻistonda inDrive oʻtkazgan manabu reklama kompaniyasiga oʻxshash qiziqarli marketing yurishini amalga oshirdi.

Xullas, FeedUp brendi Oqtepa futbol klubiga homiylik qilishni boshlaganini e’lon qildi. Ammo bu e’lon odatdagidek berilmadi. Aksincha, bozordagi mashhur fast-food brendi Oqtepa Lavashga ishora qilingan holda kommunikatsiya qurildi.

Ya’ni “Oqtepa FeedUp’ni tanlaydi” kampaniyasi bir qarashda Oqtepa Lavash FeedUp’ni tanlagandek taassurot uyg‘otadi. Aslida esa gap Oqtepa futbol klubi haqida ketmoqda. Futbolga qiziqmaydiganlar esa buni bemalol Oqtepa Lavash bilan bog‘lashi mumkin.

Ishqilib, ajoyib marketing yurishi. Bunga tandir lavashchilar qanday javob berar ekan endi.

@hisperspective