2014-yillardan boshlab professional veb-saytlar tuzish, ularni maktab va bizneslarga sotish bilan shugʻillanganman. 2016-yil oxiridan esa doʻstim bilan x***.uz saytini yuritishni boshlaganmiz.

Sayt 6 oyda nol nuqtaga yetib kelgan. 2019-yilda esa birinchi katta foydasini ishlagan. Oʻsha vaqt saytning 1 oylik auditoriyasi 350-500 ming unikal host edi.

Shunday boʻlsa-da sayt faoliyatini 2021-yilda butkul toʻxtatganmiz. Chunki, sezgandik yaqin kelajakda telegram va striming platformalar bizni bozorni egallaydi. Egalladi ham. Ayta olamanki, sayt bilan oʻtgan 4 yilda men eng yaxshi doʻst, hozirgi kundagi bilimlarim va oʻzimga boʻlgan qatʼiyatni topdim.

Bu bilan aytmoqchimanki hozir qilayotgan startapingiz yoki biror biznes gʻoya atrofida koʻp pul topmasligingiz mumkin. Ammo, hayotiy muhim bilim/koʻnikmaga ega boʻlasiz. Bu esa barchasidan ustun narsa. Shunday ekan, olgʻa samuray.

@hisperspective