Bir haftacha oldin Qozog‘istonning MOST Ventures fondi Startup Garage’ning BITO startapidagi ulushining bir qismini sotib olgani, natijada Startup Garage qisman exit qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Negadir investitsiya miqdori ochiqlanmadi, shu sabab, hisoblab ko‘ramiz.
BITO startapi “Bito” MChJ tasarrufidagi loyiha hisoblanadi. “Bito” MChJning 5% ulushi jismoniy shaxsga, qolgan 95% ulushi esa “Unical” MChJga tegishli. “Unical” MChJ ta’sischilik tarkibida 93,18% ulush ikki nafar jismoniy shaxsga, qolgan 6,82% ulush esa Aloqa Ventures, IT-Park Ventures va Startup Garage’ga to‘g‘ri keladi.
Mazkur 6,82% ichida Startup Garage’ning ulushi 0,9%ni tashkil etadi. Endi matematika. Agar MOST Ventures $10 mln baholanishda Startup Garage’ning ulushini to‘liq sotib olgan bo‘lsa, bu $85 ming atrofida investitsiya degani.
Biroq xabarlarda ulushning faqat bir qismi sotib olingani aytilgani uchun, agar uni shartli ravishda “yarimi” deb olsak, taxminan $42–50 ming atrofida mablag‘ jalb etilgan bo‘lishi mumkin, *imho. Xulosa qilsak, Startup Garage uchun katta boʻlmasa-da kichik exit boʻlgan. Ammo, nega ushbu investitsiya/exit summasi ochiqlanmagan tushunmadim.
Taʼkidlash joizki, bungacha BITO startapi Aloqa Ventures’dan $200 ming, IT-Park Ventures’dan $100 ming investitsiya jalb qilgan ekan.
P/s: Startaplarning maʼlum summaga baholanishi bilamizki bu shar misolidir, 6 xonali sonlar bir deganda paydo boʻladi. Lekin, baholanish bu sarmoya emas. Spot nashridagilar esa baholanishni sarmoya deb olishibdi.