2014-yildan buyun internetdan faol foydalansam doim shu savol meni qiynagan. Inson oʻzi post yozib, oʻzi birinchi layk bosishi umuman oʻzini fikrini oʻzi maʼqullashi qanchalik toʻgʻri? deb koʻp oʻylayman.

Bunaqa holatlarni asosan instagram, facebook, twitter yoki shunga oʻxshash boshqa tarmoqlarda uchrataman.

Biroz research qildim bu mavzuda. Maqolalarni oʻqidim. Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki odatda oʻziga nisbatan ishonchi past odamlarda bu holat kuzatilar ekan. Ular oʻzini fikrini oʻzi maʼqullab qaysidir maʼnoda oʻziga ishonch oladi.

Bu ham tarmoqlarning o‘ziga xos psixologiyasi, o‘zini namoyon qilish ehtiyoji. Soddaroq aytganda bu xuddi ilova qilgan rasmimdagi holatdek gap)

@hisperspective