Birinchi qiladigan ishingiz 500 mlrd soʻm topish yoki jamgʻarish boʻladi. Bu pulni bankingiz ustav kapitali qilib shakllantirasiz. Keyin esa Markaziy bank har bir tiyiningizni tekshiradi. Bu sizning daromadingiz qonuniy tadbirkorlik ortidan kelganini aniqlash uchun zarur.

Pullarni toʻgʻri yoʻl bilan topganingizni isbotlaganingizdan soʻng, hujjatlarni topshirasiz, dastlabki ruxsatnomani olasiz. Keyin esa belgilangan muddat ichida (odatda 6 oy) bino, kiberxavfsizlik tizimi va IT-infratuzilmani tayyorlaysiz.

Bularni tayyorlab olganingizdan soʻng, asosiy litsenziyani olish uchun bankingiz kuzatuv kengashi hamda boshqaruv a’zolari Markaziy bank tomonidan baholash va tasdiqlash jarayonidan o‘tishadi.

Bankingiz rahbariyati eson-omon bu lavozimga loyiq deb topilganidan keyin Linkedinda oʻzingizni bemalol xususiy bank egasi deb eʼlon qilishingiz mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, post informativ xususiyatga ega.

@hisperspective