Bir HR bilan suhbatda shu savolni berdim. U esa vaziyatga qarab, agar jamoa yaxshi bo‘lsa, kompaniya ham oiladek muhitga aylanishi mumkinligini aytdi. Ammo mening fikrim boshqacha.
Kompaniya bu ish joyi. Bu yerda siz bilan kompaniya o‘rtasidagi munosabatlar, qanchalik samimiy ko‘rinmasin, baribir manfaatlar ustiga quriladi. Siz vaqtingizni, kuchingizni va tajribangizni kompaniya rivoji uchun sarflaysiz. Kompaniya esa buning evaziga sizga maosh beradi. Bu yerda ikki tomonning ham win/win qismi bor.
Oilada esa barchasi tubdan o‘zgacha. Siz va oila a’zolaringiz o‘rtasidagi munosabat hech qanday manfaatga bog‘lanmagan. Oilangiz sizni foydangiz uchun emas, shunchaki shu dunyoda mavjud bo‘lganingiz uchun sevadi. Jumladan siz ham, shu sabab sharoitlari yaxshiroq oiladan ularning oilasiga oʻtish taklifi kelsa oʻtib ketmaysiz.
Bizda korporativ ruhni ko‘tarish uchun ishlatiladigan kompaniya = oila tushunchasi biroz kommunizm davridan qolgan qarashga o‘xshaydi, *menimcha. Zamonaviy dunyoda esa aniq reja, motiv va ruhiyat jamoani birlashtira oladi. Shu birlik kuchi bilan esa katta marralar zabt etiladi.
Oila tushunchasini yanada yaxshiroq bilib olish uchun esa “Inception” filmini koʻring.