Birinchi qismda OpenClawʼni oʻrnatib, Telegram bot orqali ishga tushirdik. Lekin hozir botingiz oddiy robotdek ishlaydi. Yaʼni sizni tanimaydi, sizning ishingiz haqida hech narsa bilmaydi va birorta ishni avtomatik qila olmaydi. Bu qismda assistentimizni “aqlli” qilamiz: oʻziga shaxsiy xarakter, kontekst va skillʼlar beramiz. Demak boshladik.
System prompt nima va nega kerak?
System prompt — bu assistentingizning “shaxsiy passporti”. Unda kim ekanligi, qanday ohangda gaplashishi, nimaga eʼtibor berishi va qanday qoidalarga rioya qilishi yoziladi. Yaxshi yozilgan system prompt bilan bot “oddiy GPT” emas, sizning shaxsiy assistentingizga aylanadi.
System promptni qayerda yozamiz?
Konfiguratsiya faylini oching:
nano ~/.openclaw/openclaw.json
Yoki VS Codeʼda:
code ~/.openclaw/openclaw.json
Faylda systemPrompt maydonini topasiz. Agar boʻlmasa, agent boʻlimiga qoʻshing.
Yaxshi system prompt yozishning 5 qoidasi:
1. Kim ekanligini ayting (rol)
2. Kim uchun ishlashini ayting (siz haqingizda)
3. Qanday ohangda javob berishini ayting (uslub)
4. Nimaga e'tibor berishini ayting (priorities)
5. Nimani qilmasligini ayting (limits)
Misol — marketing assistenti uchun
{ "agent": { "systemPrompt": "Sen Eshmatning shaxsiy assistentisan. Eshmat — digital marketing mutaxassisi, 224.uz platformasi asoschisi va @hisperspective Telegram kanalining muallifi. Sen unga 'aka' deb murojaat qil va 'siz' shaklida gaplash. Javoblaring qisqa, aniq va amaliy boʻlsin — keraksiz soʻzlarni ishlatma. Marketing, SEO, kontent strategiyasi va startap mavzularida chuqur bil. Hech qachon mijoz maʼlumotlarini tashqariga chiqarma. Agar biror narsani bilmasang — toʻgʻridan-toʻgʻri 'bilmayman' deb javob ber." } }
Saqlang va gateway'ni qaytadan ishga tushiring:
openclaw gateway
Endi bot sizni tanib, sizning stilda javob beradi.
Skill nima?
Skill — bu assistentingizga o'rgatilgan aniq bir ko'nikma. Masalan: emailni tekshirish, kalendarga voqea qo'shish, Google Drive'dan fayl topish, kod yozish. OpenClaw skill'larni alohida .md fayllar shaklida o'qiydi.
Skill qayerda saqlanadi?
Workspace papkangizda skills/ jildi bo'ladi. Odatda u shu yerda:
~/.openclaw/skills/
Agar bu papka bo'lmasa, oʻzingiz yarating:
mkdir -p ~/.openclaw/skills
Unutmang har bir skill SKILL.md deb nomlangan oddiy markdown fayl.
Format quyidagicha:
--- name: skill-nomi description: "Bu skill nimaga kerakligi (qachon ishlatish kerakligini agent shu yerdan tushunadi)" --- # Skill nomi Bu yerda agentga aniq qadamlarni yozasiz.
Birinchi skill — kontent rejasini tayyorlash
Mana real misol. ~/.openclaw/skills/content-plan/SKILL.md fayl yarating:
--- name: content-plan description: "Foydalanuvchi haftalik yoki oylik kontent rejasi tuzishni so'raganda ishlatiladi. @hisperspective Telegram kanali uchun postlar tayyorlash." --- # Kontent rejasi tuzish Eshmat aka @hisperspective kanali uchun kontent reja so'raganda quyidagicha qil:
1. Mavzularni 3 ta kategoriyaga ajrat: TechNews, Startaplar, Tahlil
2. Har bir kunga 1 ta post taklif qil
3. Har bir taklifda quyidagilar boʻlsin: - Sarlavha (jozibali, lekin clickbait emas) - Asosiy fikr (1-2 jumla) - Hashtag'lar (3-5 ta)
4. Trend mavzularni hisobga ol — agar texnologiyada yangilik bo'lsa, ustuvor qil
5. Postlar ketma-ket bir xil mavzuda boʻlmasin
Ikkinchi skill — kod koʻrib chiqish
~/.openclaw/skills/code-review/SKILL.md:
--- name: code-review description: "Foydalanuvchi kod yuklasa yoki kod ko'rib chiqishni so'rasa ishlatiladi." --- # Kod ko'rib chiqish Kod kelganda quyidagi tartibda tahlil qil:
1. Avval umumiy ko'rinishni ayt — qanday muammoni hal qiladi
2. Aniq xatolarni topib ko'rsat (bug, security, performance)
3. Yaxshilash takliflari ber
4. Agar mumkin bo'lsa — to'g'rilangan kod variantini yoz O'zbek tilida tushuntir, lekin kod va texnik terminlar inglizcha qolsin.
Xullas, shu taqlid oʻzingizga kerak skilllarni assistentga oʻrgatasiz. Agar noldan oʻrgatishga erinsangiz GitHubʼda openclaw-skills topiklarini qidirib koʻring. Keyin, assistentingizga $8 lik tarifdagi ChatGPT akkauntizni ulasangiz ham boʻladi buning uchun Codex auth tokenini olasiz va Claude code yoki oʻzingiz ushbu tokenni OpenClaw ichida ishga tushirasiz qarabsizki endi sizning assistentingiz ChatGPT bazasidagi barcha pulli modellarda ishlayveradi. Bu boʻyicha savollaringiz boʻlsa kanal sharhida biriktirilgan telegram sahifasiga murojaat qilsangiz vaqtga qarab tushuntiraman.
Hozircha shu. Agar foydali deb bilsangiz ushbu postni tanishlarga ulashing :)