15-dekabrdan buyon WB Taxi’ning faol foydalanuvchisiman. Chunki boshqa agregatorlarga qaraganda chegirmali narxlar bor. Masalan, Yandex Go’da 30–35 mingga boradigan manzillarimga WB Taxi’da bonus/chegirmalar sabab 5–10 mingga boryapman. Albatta, bu hozircha amal qiladigan qulaylik, biroq shuning o‘zi ham ancha yoqimli bo‘lyapti.
WB Taxi’da boshqalarda yo‘q funksionalni sezdim. Ya’ni, siz bir marta xizmatidan foydalangan taksi haydovchisiga 5 yulduz va yaxshi sharh qoldirsangiz, agregator o‘sha haydovchini iloji boricha sizga qayta-qayta chiqaraverar ekan. Bu menga yoqdi. Yandex va Uklon’da bunaqa qulaylikni sezmagan edim.
Shu bilan birga, dastlabki kunlarda WB Taxi haydovchilarga agregatorda onlayn bo‘lib turgani uchun soatiga 100 ming so‘mdan beribdi.
Bunda 1 ta haydovchi kuniga 12 soat onlayn bo‘lishi shart va onlayn bo‘lsa 1 200 000 so‘m oladi. Hozirda bu pulning yarmi berilayapti ekan. Menimcha buning sababi oddiy, haydovchilar kutilganidan ko‘ra ko‘payib ketgan.
Aytish joizki qo‘llab-quvvatlash xizmati hozircha yaxshi ishlayapti. Foydalanib ko‘ring.
*Suratda esa ertalab ishga borish safarimda 8 ming so‘m to‘laganim aks etgan.