Bugun Yangi yil arafasi. Uyda ovqat qilmaslik uchun Bellissimo Pizzadan buyurtma bergandim, 30 daqiqada yetkazib berishdi. Lekin gap bu haqida emas.
Meni quvontirgani, Bellissimo yetkazib beruvchi xodimlarini oʻylab yaxshi yechim qilibdi. Yaʼni yetkazib beruvchi xodimlari uchun alohida “Rahmat” tizimi orqali “choy puli” qoldirish imkonini yaratibdi.
Ishlashi oddiy. Yetkazib berish amalga oshirilganidan soʻng, tizim avtomatik sms-xabarnoma yuboradi va unda “Rahmat” havolasi ilova qilinadi. Agar xizmat koʻrsatish sizga manzur boʻlsa, bemalol choy puli qoldirasiz. Ajoyib!
Bugungidek ko‘pchilik dam olayotgan paytda ishlayotgan insonlarga, rostakamiga rahmat aytish uchun juda foydali yechim. Qolaversa, xodimning toʻliq motivatsiya bilan oʻz ishini maksimum darajada qilishiga yaxshi turtki bu, *imho. Sinab ko‘ring.
P/s: Oʻzbek tilida sms-xabarnoma kelmasligi-ga esa tushunmadim, qoʻyinki men Bellissimo ilovasini toʻliq oʻzbek tilida ishlataman. Buni bazadan aniqlab, xabarnomani foydalanuvchi tanlagan tilda yuborishsa ancha samarali ishlardimi, bilmadim.