“Sartarosh indeksi” (Haircut Index) — bu ma’lum bir hududda yashash qiymati, inflyatsiya darajasi va aholining xarid qobiliyatini baholash uchun ishlatiladigan norasmiy, ammo amaliy iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Indeksning baholashi oddiy.

Shunchaki, odamlar sartaroshxonalarga (ayol/erkak) bir oyda necha marotaba borayotgani, xizmatlar narxi qanday o‘zgarayotgani va sartaroshlarning daromadi oshayaptimi kabi parametrlarni kuzatish orqali iqtisodning qanchalik “tirik” yoki sust ekanini taxmin qilish mumkin.

O‘zbekistonda “sartarosh indeksi”dan tashqari yana bir qiziqarli indikator shakllanmoqda bu Novikov restoranlari indeksi. Hozircha Toshkentda Novikovga tegishli 11 ta comfort/premium yemakxona loyihalari mavjud hamda ularning deyarli barchasi xoʻrandalar bilan doim liq to‘la.

Ushbu restoranlarda o‘rtacha chek 250 ming so‘mdan boshlanishini hisobga olsak, bu aholining ma’lum qatlamida xarid qobiliyati oshayotganidan dalolat beradi. Bundan esa demak iqtisodda harakat bor degan belgini topish mumkin.

Xulosa qilsak, biznes yoki startapda bozorni baholash uchun taxmin emas balki yuqorida taʼkidlagan indekslardan birortasini ishlatsangiz bexato narx siyosatini amalga oshira olasiz. Ishqilib foydalaning.

@hisperspective