Dasturchi qizlarimizning yutuqlari haqida yozganimda ko‘pchilik “yigitlar-chi?” deb so‘ragan edi. Mana, bu post aynan dasturchi yigitlarimiz haqida. 9-16-avgust kunlari Toshkentda 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 97 ta davlatdan qariyb 400 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs olib boradi. O‘zbekiston sharafini esa rasmdagi yigitlar himoya qiladi. Manabu yerda jamoamiz yigitlari haqida juda yaxshi video tayyorlanibdi. Sizlarga aytsam bu yigitlar bo‘lajak millioner yigitlar. Chunki ushbu olimpiada sovrindorlariga davlat tomonidan kafolatlangan pul mukofoti mavjud.

Ishqilib, olimpiada baxslarini kuzatib boring va bo‘lajak chempionlarimizga muxlislik qiling. Zero dunyo biz nafaqat sportda balki, ilmda ham eng zo‘ri ekanligimizni his qilsin.

@hisperspective