Dunyoda bo‘layotgan so‘nggi notinchliklar yangiliklar oqimini kuzatib borish, kerak vaqtda to‘g‘ri moliyaviy qaror qabul qilish juda muhim bo‘lib qoldi. Shu sabab, o‘zimga yangiliklar terminalini yasab oldim. Menga kerakli barcha Telegram kanal internet veb-saytlarni parsing qilib botga uladim.
Bazaga yozilayotgan xabarlarni tartiblash, dublikat bo‘lishini oldini olish uchun esa ChatGPT 4.1 apisidan foydalandim. Ishlash prinsipi oddiy, parsing orqali bazaga newslar keladi uni ChatGPT filtratsiya qiladi va keraklilarini qoldirib bazani tozalab turadi. Qolaversa, ChatGPT soat/kun/haftalik xulosalarni ham shakllantirib boradi.
Buni o‘zim uchun qildim. Keyin bozorni tahlil qilsam bu kabi news terminal yechimi umuman yo‘q. Shuni siz qiling. Freemium va Premium tariflarda foydalanuvchilarga taqdim eting. Masalan foydalanuvchi freemium tarifda faqat kunlik newslarni botda o‘qib borsin. Premiumda esa bir qancha manbalar va sun’iy intellekt xulosalarini soting.
Ishqilib bozori chaqqon g‘oya menimcha, chunki odamlar bir qancha kanallar va saytlarni kuzatib borishdan charchagan. Bundan esa foydalanish kerak.