Bu vunderkindning ismi Leopold Aschenbrenner. U sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotchi va OpenAI’ning sobiq xodimi. 2024-yil bahorida Ai xavfsizligi masalalari yuzasidan rahbariyat bilan kelishmovchilikdan keyin kompaniyani tark etadi.
Oradan ko‘p o‘tmay, u AGI yaʼni inson darajasidagi sun’iy intellekt haqida 165 sahifalik esse e’lon qiladi. Esse texnologik doiralarda katta rezonans uyg‘otdi. Leopold esseda 2027-yilgacha inson darajasidagi sunʼiy intellekt yaratilishi mumkinligini aytadi.
Shu bilan birga, katta foydani sunʼiy intellekt’ni yaratganlar emas, balki elektr energiyasi, chip va data-markaz infratuzilmasini nazorat qiluvchilar olishini ta’kidlaydi.
Keyin, Leopold shu gʻoya asosida fondga asos soladi. Ushbu fondning oʻsishi esa favqulodda tez boʻlib, hozirgi kunda $13.7 mlrd balansga ega hamda Stripe asoschilari Patrick va John Collison ham pul berishgan. Leopold kelgusi 10 yillikning Sam Altmani yoki Elon Muski boʻlishi kutilyapti.
Ishqilib, bu vunderkindning hayoti “Mendirman Leopold” seriali uchun ajoyib ssenariy boʻla oladi ekan.