Xullas, mart oyidan boshlab yana bir tanishim Yandex O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Bu mutaxassis juda perfeksionist va kasbini sevadigan odam. O‘z yo‘nalishida o‘qimagan kursi, varoqlamagan kitobi qolmagan.

Xotiram pand bermasa bir yil oldin aynan Ramazon oyida KPMG‘dan offer olgan edi ammo, “men bunchalik arzon mutaxassis emasman” deb offerni rad etib o‘z ustida ishladi. Tajriba va bilimini oshirdi. Qarabsizki, endi KPMG‘dan yaxshiroq joyda, yana-da yaxshiroq shaklda faoliyatini davom ettiradi. Bunga esa bir yil mehnat va kasbni chindan sevish ortidan erishdi.

Shu o‘rinda aytish joiz, MyTaxi, Express24 va Super Dispatch kabi “eski maktab” o‘zbek texno kompaniyalarda ishlagan mutaxassislar ancha chiniqadi. Bu kompaniyalardan chiqqanlar odatda o‘z pozitsiyasida juda kuchli bo‘ladi va yirik loyihalarda faoliyatini davom ettiradi. Umuman olib qarasak, atrofimizdagi ko‘plab kuchli mutaxassislar aynan shu kompaniyalardan yetishib chiqqan.

Ishqilib, do‘stimga ❤️ bosib omad tilaylik. Kanalni kuzatib boradi, bir xursand bo‘lsin. Aytgancha, yana bir dasturchi oshnam ham bugun offer oldi, u haqida keyinroq yozaman.