Avvalroq sizlarga blogning veb-saytini ham ishga tushirganim haqida aytgan edim. Veb-sayt qidiruv tizimlarida ancha aktivlashib qoldi.
Shu sabab, TechRunch yangiliklarini oʻzbek tilida meni yozish uslubim asosida tarjima qiladigan agent tuzdim. Hozircha u o‘rganish jarayonida, imkon qadar sifatli kontent tayyorlashga harakat qilyapti. Ammo, faqat oʻzim barcha maqolalarni oʻqishga ulgurmayapman.
Shunga vaqtingiz boʻlganda 224.uz/technews sahifasiga kiring, maqolalarni oʻqing, fikrlaringiz bilan boʻlishing. Sizning mulohazalaringiz agent rivoji uchun juda muhim.