Tushunganingizdek, gap Elon Musk haqida ketmoqda. Elon Reeve Musk 1971-yil 28-iyun kuni Janubiy Afrikada tugʻilgan boʻlib, kecha oʻzining 55 yoshini nishonladi. Qiziq jihati, Elon Musk koʻpchilikka telbanamodek koʻrinsada, aslida oʻz maqsadi sari tinimsiz harakat qilayotgan, ulkan energiya va iqtidor sohibi hisoblanadi.

Uning deyarli barcha yirik loyihalari bitta katta gʻoya Marsni kolonizatsiya qilish orzusi bilan chambarchas bogʻlangan. Masalan, kelajakda Marsda internet bilan muammo boʻlmasligi uchun Starlink sunʼiy yoʻldoshlarini rivojlantirmoqda. Qizil sayyoraga yetib borish maqsadida esa SpaceXʼga asos soldi.

Kolonizatsiya jarayonlarida insonlarga yordam berishi mumkin boʻlgan Tesla Optimus robotlarini ishlab chiqishni boshladi. Bu robotlarga intellekt berish uchun esa xAI loyihasini yoʻlga qoʻydi. Eng qizigʻi, Marsni egallash orzusi amalga oshgach, qoʻshni sayyoradan surat va videolar joylab borish uchun Twitterʼni ham sotib oldi, desak boʻladi.

Ishqilib, 55 yoshli bolakayning hayoti chetdan qaraganda juda qiziq. Balki havas qilarli ham.

@hisperspective