Imkon Ventures tomonidan Asaxiy Invest’ga sarmoya kiritilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma’lumotni Asaxiy internet do‘koni asoschilaridan biri Firuz Allayev ham e’lon qildi. Biroq, negadir investitsiya miqdori ochiqlanmadi.

Shunga qaramay, bozor mantiqidan kelib chiqib taxminiy hisob-kitob qilib ko‘rish mumkin.

Asaxiy Invest “Asaxiy maxteach IT va kompaniya” kommandit shirkati tarkibidagi loyiha hisoblanadi. Ushbu shirkatning 20,50% ulushi jismoniy shaxslarga tegishli, qolgan 79,5% esa asoschilar va “Asaxiy maxteach IT” MChJ tasarrufida.

Agar Imkon Ventures aynan asoschilar nazoratidagi 79,5% ulushning 5–10% qismini olgan deb faraz qilsak, taxminan $250–500 ming atrofida sarmoya kiritilgan bo‘lishi mumkin.

Albatta aytish joizki, bu amaldagi bozor metrikalaridan kelib chiqqan tahmin xolos. Sarmoya miqdori rasmiy eʼlon qilinmagan.

Toʻgʻrisi sarmoya summasi ochiqlanmagani menga negadir gʻalati tuyuldi. Chunki loyiha investitsiya platformasi hisoblanadi va uning egalik huquqlari hamda boshqa koʻrsatkichlari shaffof boʻlsa yaxshi, *imho.

@hisperspective