1-apreldan O‘zbekistonda ayrim jabhalarda faqat raqamli to‘lov shaklida oldi-sotdi qilishga ruxsat beriladi. Bular uy-joy, mashina savdosi va shu bilan birga bank kreditlarini so‘ndirish kabi pul ko‘p aylanadigan sohalar.
O‘zbekiston sharoitida 30 tadan ko‘p bank bor va aholi turli banklardan plastik karta yoki hisob raqam ochgan holda foydalanadi. Bu degani oldi-sotdi bo‘lganda naqd pulda jamg‘armasi mavjud odam avval plastik karta yoki hisob raqamini to‘ldirgan holda pulni to‘lay oladi.
Banklar plastik kartaga pulni emissiya qilishdan bir muncha zarar ko‘radi. Aniqrog‘i uzcard/humo bankning daromadiga sherik bo‘ladi. Shu bois, endilikda banklar hisob raqamlar o‘rtasida o‘tkazmalarni (A2A) qulaylashtirishni boshlayapti.
Bu formatda mijoz bank kartasi ochishi kerak bo‘lmaydi natijada uzcard/humo chetlab o‘tiladi va banklar o‘tkazmalardan tushadigan foydani o‘zaro bo‘lishadi. Qarabsizki, yangi epoxa rivojlanadi.
Xullas, bu postga qaysidir bank homiy bo‘lmadi, shu sabab, o‘zingizga qulay va muammosi kam bo‘lgan bankdan hisob raqam ochib qo‘ying :)