Toshkent va viloyatdagi uylarimiz kommunal hisoblari, shuningdek o‘zim hamda oila a’zolarimning telefon raqamlariga to‘lovlarni odatda Payme orqali qilaman. Bunga 10 yildan beri o‘rgangan interfeys va ishonch asosiy sabab hisoblanadi.
Ammo… so‘nggi ikki haftadan beri aloqa operatorlariga qilgan to‘lovlarimga 1.5% komissiya qo‘shilayotganini payqadim. Tekshirib ko‘rsam, 11-mart kuni Payme hamkorlar uchun umumiy shartlarni yangilagan, 10-aprelda esa foydalanuvchilar uchun oferta ham o‘zgargan.
Demak, foydalanuvchilar va Payme orqali to‘lov qabul qiladigan kompaniyalar (Ucell, Beeline va boshqalar) o‘rtasidagi yangi shartlar aynan shu komissiyani kiritgan bo‘lishi mumkin.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kommunal va aloqa to‘lovlari aslida Paynet orqali o‘tadi hamda u har bir tranzaksiyadan komissiya oladi. Ilgari bu xarajatni Payme qoplagan bo‘lsa, endi u foydalanuvchilar zimmasiga yuklanayotganga o‘xshaydi.
Ishqilib qiziq ishlar bo‘lyapti.